Dushanba, 18.11.2024, 07:40
Приветствую Вас, Mehmon
Главная » 2009 » Февраль » 14
Одам
зоти қизиқ-да, бир янгилик кўрдими, унинг ортидан бир эргашиб кўриши
керак. Яқин-яқинда юртимизда 14 февраль умуман бошқа байрам сифатида
нишонланар эди. Унинг ҳарбийларга алоқаси борлигини ҳамма билади. Кейин
бу кунда Мирзо Бобур таваллуд топганлиги миллий ғурур сифатида эътироф
этила бошлади. Хўп, бунисига-ку, чидаса бўлар, аммо охирги «вариант» -
«севишганлар куни»га нима дейсиз? Тағин, унинг жарангдор номи ҳам бор –
Валентин куни! Баъзилар бизнинг бу сўзларимизга қарши чиқишлари мумкин:
«Йўғ-э, ҳали бутун бошли халқ қабул қилмаган нарсани унга тиркаб қўйиш
яхшимас», деб. Биз ҳам бу эътироз рост бўлса қанийди, деймиз. Аммо
воқеъликда бундай эмаслиги кундек равшан-да! Ишонмаган одам бўлса,
марҳамат, 14 февраль куни мамлакатимизда фаолият олиб бораётган бир
қатор радиоканалларни тинглаб кўришсин. Телефон қўнғироқларининг 98
фоизи тарихи кўпчиликка маълум бўлмаган «Валентин куни» хусусида.
Йигит-қизлар бир-бирини табриклаган, бугун бизнинг кунимиз экан, деб
ота-оналари эшитса, ёқа ушлайдиган «севги изҳорлар»ни эфир тўлқинлари
воситасида етказиб олишади.
Категория: Maqolalar | Просмотров: 2103 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (0)


Сиз қачонлардир ўлгудек уриб, калтаклайиб, «пўла» қилиб ташланган соҳибжамол, ёшгина, гўзал аёлнинг ўз кушандаси устидан ҳеч бир шикоят қилмасдан, ҳаттоки уни ҳимоялаб, чеҳрасига гуноҳкорона табассум билан қараганини кўрганмисиз? Ишонаман, кўрмагансиз!

Категория: Erkak | Просмотров: 2881 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (4)


Малайзия муфтийси мусулмонларни ғарбликларнинг байрами ҳисобланмиш Валентин кунини нишонламасликка чорлади.
Категория: Din | Просмотров: 1521 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (1)

Юртимизда аёллар бепуштлиги муаммоси билан шуғулла-надиган махсус марказлар (Гинекология илмий тадкиқот масканлари) ва мутахассислар етарли даражада бўлганлиги боис бу борада мухтасар маълумотлар бериш билан чекланмоқдамиз.
Категория: Ayol | Просмотров: 4987 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (2)

 Amerika Qo’shma Shtatlari milliy valyutani o‘zgartirish borasida katta qadam tashladi

Bundan o‘n yillar oldin AQSh dollardan voz kechishi mumkin, desa ko‘pchilik ishonmagan bo‘lardi. O’sha paytlari dollarning qadri ancha baland, muomala ishonchli edi. Ammo bugunga kelib mamlakatda kechayotgan  iqtisodiy bo‘hron va ipoteka inqirozi AQSh milliy valyutasi o’z nufuzini yo’qotib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Категория: Siyosat | Просмотров: 2338 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (1)

 Yangi tarix kitobining 2008-sahifasiga bitilgan satrlar ham o‘z poyoniga yetib qoldi. Hayot atalmish muallifning shafqatsiz, lekin odil qalami hech bir voqeani nazardan chetda qoldirgani yo‘q. Ayrim o‘rinlarda u quvonchu shodlik nomalarini bitgan bo‘lsa, ba’zan satrlarda siyoh emas, qon oqdi. 366 qatordan iborat sahifa shonli va qonli voqealarga boy. Syujet esa murakkab. Ko‘p o‘rinlarda Muallif o‘ta shafqatsiz yo‘l tutgan, qalamidan qon tomadi, ayrim satrlarda esa uning nega bunchalar saxiy ekanidan hayratlanamiz. Ammo voqealar to‘qima emas. Kitobdagi bitiklarning barchasi haqiqat. Zero u hayot kitobidir...
Категория: Siyosat | Просмотров: 3616 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (0)

 Savodsizlik qachon barham topiladi?
2000 yil jahon va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida muhim davr sifatida muhrlanib qoldi. 2008 yili dunyo xalqlarining Mingyillik Sammiti o‘tkazildi. Muhim global chaqiriqlarga e’tibor qaratilgan bu yig‘inda 189 mamlakat rahbari to‘plandi. Ular dunyoni insoniyat yashashi uchun yaxshiroq maskanga aylantirish majburiyatini o‘z zimmalariga olib, qashshoqlikka qarshi kurashish, kasalliklar tarqalishini kamaytirish va atrof-muhitni himoyalash kabi global masalalarda kuch-g‘ayratlarini birlashtirishga kelishib oldilar. O‘tkazilgan oliy yig‘inda Mingyillik Deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) sifatida ma’lum bo‘lgan sakkizta aniq maqsadga erishish eng muhim vazifa sifatida belgilandi.
Категория: Siyosat | Просмотров: 2346 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (1)

 yoxud avlodlar o‘rtasidagi ziddiyat

Yigirma to‘rt yoshli Arshi Uppal Nyu Dehlidagi tungi klubda oyog‘ini chalishtirib o‘tiribdi. “Shanba kuni nima qilamiz? — deya so‘raydi u. — Shanba kuni o‘yin-kulgi, yakshanba kuni o‘yin-kulgi. Butun hafta davomida o‘yin-kulgi. O‘yin-kulgisiz o‘tadigan biror kun yo‘q”. U kalta yubka kiygan, qo‘lida esa sigareta buruqsaydi.
Категория: Maqolalar | Просмотров: 2418 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (0)

 Mumkin emas deganlar o‘qi(ma)sin!

Chekish sog‘liq uchun xavfli ekanini hamma biladi. Uning qon-tomir, o‘pka, yurak, rak kabi kasalliklarga olib borishi va alaloqibat chekuvchini halok qilishi ham ko‘pchilikka ma'lum. Shuning uchun kashandalar orasida chekishga o‘rganib qolganidan afsuslanadigan, ammo uni endi tark etolmay qiynalib yurganlar ko‘p.

Ana shunday kishilarning istalgan biridan so‘rab ko‘ring, u chekishni qanday boshlagan ekan?

Категория: Maqolalar | Просмотров: 2477 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (1)

 Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida «jahon moliyaviy inqirozi» degan ibora tez-tez tilga olinmoqda. Xo‘sh, bu o‘zi nima? Inqiroz qayerdan kelib chiqadi? Sabablari nima? Uning yechimi qayda? Bugungi inqiroz haqida so‘z yuritishdan oldin tarixda yuz bergan moliyaviy inqirozlarga nazar tashlasak.
Категория: Maqolalar | Просмотров: 3526 | Добавил: Administrator | Дата: 14.02.2009 | Комментарии (8)