11:54 Dollar ameroga almashadimi? | |
Amerika Qo’shma Shtatlari milliy valyutani o‘zgartirish borasida katta qadam tashladi Bundan o‘n yillar oldin AQSh dollardan voz kechishi mumkin, desa ko‘pchilik ishonmagan bo‘lardi. O’sha paytlari dollarning qadri ancha baland, muomala ishonchli edi. Ammo bugunga kelib mamlakatda kechayotgan iqtisodiy bo‘hron va ipoteka inqirozi AQSh milliy valyutasi o’z nufuzini yo’qotib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Okean orti davlatlarining bunday xatti-harakatini to‘g‘ri tushunish mumkin. Yevropada yangi tuzilgan ittifoqchilar tomonidan yevroning kiritilishi va bu valyutaning anchayin muvaffaqiyatli oyoqqa turib, hatto dollarni ham ortda qoldirishi amerikalik iqtisodchilarning tinchini buzgani aniq. Qolaversa, bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining qariyb 70-80 foizi AQSh dollari yordamida hisob-kitob qilinadi. Agar dollardan voz kechiladigan bo‘lsa, jahon iqtisodiyoti har tomonlama zarbaga uchrashi mumkin. Moliyaviy zahiralarini dollar ko’rinishida saqlab turgan banklar, millionlab boylar va oddiy fuqarolar ham katta zarar ko‘rishi hech gap emas. AQSh konstitutsiyasi Kongressga «tanga ishlab chiqarish, uning qiymatliligi va xorijiy tangalarning bahosini belgilash» huquqini bergan. Bu esa Qo’shma Shtatlar dollari boshqa ko’p mamlakatlarning milliy pulidan farqli o’laroq milliy valyuta sifatida belgilangan emas, degani. Dollar konstitutsiyada tilga olinmagan Federal rezerv sistemasi tomonidan ishlab chiqariladi. U 1913 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, o’shanda davlat xususiy shaxslar bilan birgalikda mazkur qonun tashabbuskori bo’lishgandi. Buning ma’nosi shuki, dollar – o’z davlatini shaxsiy manfaatlari yo’lida tasarruf etayotgan Amerika fuqarolari jamiyatining pulidir. Dollarga yonma-yon qandaydir yangi valyutani ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarmaslik o’sha jamiyatning ixtiyoridadir. AQShning moliyaviy tizimi bir valyutali emas. Aytaylik, dollardan tashqari grinbeklar ham bor. Qo’shma shtatlarda ish operatsiyalarining 90 foizi bank cheklari vositasida amalga oshirilishini inobatga olsak, ichki iqtisodiy aylanma uchun dollar u qadar muhim emas. Bordi-yu, 223 yillik tarixga ega pul o’z qadrini yo’qotsa, dollarda qarz olgan kishilar do’ppisini osmonga otishlari mumkin. Zero, berilgan kredit o’rniga hech narsaga arzimaydigan oddiy qoІozlarni qaytarib qarzni yopish mumkin. Dollar o‘rniga amero valyutasi muomalaga kiritilsa, bu holat AQSh uchun eksport bobida beqiyos ufqlarni ochib beradi. Chunki Qo’shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar, narxi arzonlashib, sotib oluvchilar va bu xizmatlarning iste’molchilari soni ko’payadi. Har bir ishning intihosi bo‘lganidek, 200 yillikdan ziyod tarixga ega bo‘lgan dollar ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qota bormoqda. AQSh esa iqtisodiy inqirozdan chiqish uchun milliy valyutadan voz kechishni lozim ko‘rmoqda. Dollarning ameroga almashishi hali rasman tasdiqlanmagan. Ammo g‘isht allaqachon qolipdan ko‘chib bo‘ldi. Butun Okean orti davlatlari shu haqda bong urishmoqda. Mabodo bu loyiha amalga oshadigan bo‘lsa, yevro valyutasi jahonda yaqqol yetakchilikni qo‘lga olishi mumkin. DOLLAR FIRIBGARLARI
Behbud Botirov ziyouz.com | |
|
Всего комментариев: 1 | ||
Ник: Behruz
| ||