Бугун
эса қадим Бухоронинг энг хилват гўшаларида ўйнаб ўсаётган бегубор
болакайлар ҳам ёғоч от миниб, чўпдан қиличу камон ясаб «Жан-бого»,
«Жумонг» бўлиб чопқиллаб юришибди...
|
Бугунги кунда кўча-куйда садақа сўраб, қўл чўзаётган турли ёшдаги
эркагу аёллар ва ҳатто болаларни кўриб, беихтиёр ўйга толасан киши:
наҳотки шу одамлар қилаётган ишларининг моҳиятидан бехабар бўлсалар?
|
Bolalarda yolg'on gapirish odatiy holatdek tuyuladi. Ba'zan
kattalarimiz ham "Bola-da!" deb uning yolg'onini oqlagandek bo'lishadi.
Bolalarning yolg'on so'zlashi qanchalar xavfli? Bunga qarshi qanday
chora ko'ramiz? Aslida bolalar 5- 6 yoshidan oldin ko’pincha “rost” va
“rost bo’lmagan” narsalarni aralashtirib, hayollarini huddi haqiqatday
tushuntiradilar. Ammo ba’zi bolalar bu davr o’tib ketganda ham yolg’on
so’zlashda davom etaveradilar. Asl e’tibor berilsihi kerak bo’lgan
yolg’on ham ayni shu davrdagi yolg’ondir. Bolalarning yolg’on gapirishlariga nimalar sabab bo’ladi?
|
5 - Oktyabr - Men bugun yaraldim, lekin bo'lajak ota-onam bundan
behabar. Men juda kichkinaman, hatto olma urug'idan ham. Nima bo'lganda
ham men borman.
15 - Oktyabr - Biroz kattaygan bo'lsamda, harakat qiladigan ahvolda
emasman. Onam qalbining shundoqqina tagida joylashib olganman.
22 - Oktyabr - Og'zim shakllana boshladi. Bir yildan so'ng men ham
mazza qilib kuladigan bo'laman, tilga kiraman. Kim endi meni mavjud
emas deya oladi. Nonning ushog'i ham nonda, to'g'rimi?
|
Aytaylik,
ishdan horib keldingiz. Issiqqina choyni simirib, qadrdon joyingizda
uzalgansiz. Ko‘zingiz televizorda. Oila a'zolaringiz bilan serial (bu
payt faqat serial ko‘riladi) ko‘rib o‘tiribsiz. Shunda ekranda
vaqti-vaqti bilan, yaxshi-yomon, ta'bingizga qarab har xil reklama
roliklari aylana boshlaydi. Ba'zida qayta-qayta, aralash-quralash
baqir-chaqir (reklama so‘zi aslidayam lotincha "reklamars" so‘zidan
olingan bo‘lib, "baqirmoq" ma'nosini bildiradi) qilaverib, rosmana
asabingizni egovlaydi. Yuqoridagi savolga esa ikkilanib o‘tirmay, ha
deb javob berasiz.
|
Jahon miqyosida odam savdosi tabora ildiz otmoqda..
|
Assalomu alaykum azizlar! Bu
mavzuni ochishdan maqsad birovning go’shtini mazza qilib yeyish emas,
balki har bir o’zini hurmat qilgan musulmon erkak yoki ayol ko’zini
yumib keta olmaydigan bir katta muammoning yechimlarini birgalikda
izlashdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda keng tarqalayotgan illatlarning biri bu zinodir.
To’g’rirog’i u illatlarning peshqadami desam adashmayman. Zino
qadim-qadimdan insonlarni faqirlikka tushirib, sog’lig’ini ketkazib,
do’zahga yo’llanma olishda yaqindan yordam berib kelgan. Turli
davrlarda bu illat bilan jamiyatlar turlicha ko’rashib kelgan. Islom
jamiyati bu illat bilan yaratgann
|
Sanoat
rivojlanishi aholi yashash darajasining o‘sishi omili sanaladi. Lekin
ishlab chiqarish korxonalari miqdori shiddat bilan oshib borayotgan bir
paytda atrof-muhit tozaligi bilan bog‘liq muammolar ham jiddiy tus
olmoqda. Yaqinda Bleksmit instituti bu borada tadqiqot o‘tkazdi va
sayyoramizning ekologik jihatdan eng xavfli 10 ta shahrini e’lon qildi.
Institut mutaxassislari atrof-muhit tozaligi bo‘yicha mazkur
shaharlardagi ahvol anchayin xatarli ekaniga e’tibor qaratganlar va
ekologik holatni yaxshilash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga
chaqirganlar. 1. Linfen, Xitoy
Xitoyning ko‘mir havzasi “yuragi”da joylashgan Linfen shahri
o‘nlab shaxtalar bilan ihotalangan. Atrof-muhit zaharli gazlar bilan
shu qadar to‘yinganki, agar oppoq kiyimni yuvib, ochiq havoga qo‘yilsa,
u bir zumda qop-qora tusga kiradi.
|
"Strategiya
Rossii" jurnalida iqtisod fanlari nomzodi Lyudmila Smirnovaning "Urush
ochish vaqti yetdi..." nomli maqolasi chop etildi. Maqola muallifi
Rusiyadagi nufusiy fojia (tug‘ilish keskin kamayib ketishi)ning bosh
sababchisi bo‘lgan mast qiluvchi ichkiliklarga qarshi amaliy kurashga
chaqiradi. Maqolada ochiq-oydin aytilgan: "Rusiyada eng katta ijtimoiy
muammo jamiyatning spirtli ichkiliklarga mukkadan ketganidir. Hozir
mamlakatda 2,4 million ashaddiy ichkilikxo‘r mavjud.
Ammo shifokorlar tasdiqlashicha, bu raqam kamida o‘n marta kamaytirib
aytilgan. Aslida 25 million rusiyalik ichkilikka butkul berilgan yoki
spirtli ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qiladi. Ularning
yaqinlari, qarindoshlari ham bu fojia ta'siridan chetda emas. Shunday
qilib, Rusiya aholisining teng yarmi ichkilikxo‘rlik asoratlaridan u
yoki bu darajada jabr chekmokda.
|
Yangier
shohbekatida avtobus kutib turgandim. Ittifoqo bir guruh hali
mo‘ylabiga ustara tegmagan yosh-yalang avtobusning orqa eshigi yoniga
kelib to‘xtadi. Yigitlarning bir-biriga qilayotgan muomalasi,
yurish-turishi, o‘zlarini tutishi beixtiyor e'tiborimni tortdi. Ular
bir-biriga beandisha so‘zlar aytishar, yigitlarga xos bo‘lmagan
ingichka, g‘alati ovozda hiy-hiylashib qiyqirishardi. "Sarxushlik
oqibati" - xayolimga kelgan dastlabki fikrdan g‘ashim keldi. Axir yigit
degani ko‘cha-ko‘yda sal o‘zini tutib, izzatini saqlasa tuzuk edi. ..Shu payt anchagina "zamonaviy" kiyingan, sog‘lom tanasini ko‘z-ko‘z
qilayotgan bir qiz ularning yonidan o‘tib qoldi. Yigitlardan biri qiz
tomon beo‘xshov cho‘zilib, "Qizgina, oh-oh qizgina!" deya hirs to‘la
nigohini unga tikib, xunuk bir harakat qildi. Yonidagilar hiy-hiylashib
unga jo‘r bo‘lishdi. Qiz yurishda sekinlashdi....
|
|