Shaxsning
dunyoqarashi, ma’naviyati, qolaversa, tafakkuri shakllanishida ommaviy
axborot vositalarining ta’siri katta. Avvalambor, OAV deganda biz
nazarda tutayotgan matbuot nashrlari, radio, televidenie, internet
kabilardan eng ommaviy, barcha uchun qulay bo‘lganini ajrataylik.
Aksariyat mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda bunday axborot
vositasi televideniedir. Xo‘sh, televideniening shaxs rivojlanishi,
uning ma’naviyati shakllanishiga ta’siri qanday? U o‘quvchi yoshlarning
bilimini, dunyoqarashini to‘ldiradimi, boyitadimi?
Ayrim guruh vakillari televidenieni asrimizning fojiasi deb
qaraydilar. Uni «axborot-ko‘ngilochar giyohvandlik»
(«informatsionno-razvlekatelny narkotik») deb hisoblaydilar.
|
\ Hozirgi kunda Internet
zamonaviy hayotning tarkibiy qismi bo’lib qoldi, sababi oddiy voqealar va o’yin
kulgu, vaqtichog’lik, ko’ngil ochish bir biri bilan mustahkam bog’lanib
ketdi.Agarda g’arbning faqat o’zining huzur halovatini o’ylaydigan kishisi mung
megagertsli protessor va 60 gigabaytli qattiq diskli yangi personal kompyuter
sotib olgan bo’lsa, buni jahondagi eng yirik kutubhonalardagi kataloglardan
foydalanish uchun harid qilmaydi.Balki faqatgina seks dardida bu ishga qo'l uradi...
|
Keling, dastlab to‘yxona va
restoranlar harajati haqida gaplashamiz. Chunki to‘yning uyda o‘tishi
Toshkentda allaqachon «moda»dan qolib ulgurgan. Taxminimizcha, 90 foizdan
ko‘proq to‘ylar shunday maxsus joylarda o‘tkazilmoqda. Ayni paytda poytaxtda
qurilishi davom etayotgan, hali bitmagan bir nechta to‘yxonani topish mumkin
ekan, demakki ularning soni kelajakda yanada ko‘payadi.
|
Yoshlarimiz «sevishganlar kuni» deya bayram qilayotgan kun aslida biz
uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. Bu haqdagi e'tirozlar matbuot
orqali bildirilmoqda. Ammo yoshlar har qancha tushuntirishga qaramay,
baribir shu kun arafasida bir-birlarini tabriklash bilan ovora. Bu
borada hali to‘liq ma'lumot va to‘g‘ri fikrga ega bo‘lmagan yoshlarning
bu xildagi xatti-harakatlari ayrim "ishbilarmon"larga juda qo‘l
kelayapti. Masalan, shu kun arafasida savdogarlar peshtaxtani
"yurakcha" shaklidagi turli sovg‘alar bilan to‘ldirishga intilsa, ayrim
xonandalar va ularning ortidan kun ko‘ruvchilar kontsert dasturlarini
aynan 14 fevral kuni berishmoqda. Bu sa'y-harakatlarning zamirida bitta
maqsad - moddiy manfaat bor. Ammo "sevishganlar kuni"da sovg‘a-salomu
tabriklar bilan bir-birlarining ko‘nglini olish bilan ovora yoshlar-chi?
|
Daholar
oramizda yashaydi, chunki aytishlaricha hatto besh yoshgacha bo‘lgan
har bir go‘dakda ham daholik sifatlari mavjud bo‘lar ekan. Ammo
yon-atrof talablariga, an'analariga moslashish go‘dakdagi betakror
sifatlarni so‘ndiradi, uni bir qolipda fikrlaydigan va bir tarzda
yashaydigan ommadan biriga aylantirib qo‘yadi. To‘g‘ri, yon-atrof
hammani ham o‘ziga to‘la mute etolmaydi, ayrim o‘jar zotlar mavjud
tartiblarga, dogmalarga va siyqa hayot tarziga qarshi chiqadi; ular
o‘zlari topgan allaqanday g‘oyalarga telbanamo ergashadi, savdoyilik va
devonalikni ixtiyoriy tarzda o‘z ustiga oladi.
|
Giyohvand moddalar qabul qilinishi inson salomatligiga rahna
solib, turli xil asab kasalliklarining kelib chiqishi, nogiron bolalar
tug‘ilishi, oilalar barbod bo‘lishi oqibatida farzandlarning yetim
qolishiga olib keladi. Buning natijasida esa, nafaqat oilalar, balki
butun jamiyat ijtimoiy va iqtisodiy zarar ko‘radi. Dunyo mutaxassis
shifokorlarining ta’kidlashlaricha, bolalarning aqliy va jismoniy
nuqson bilan tug‘ilishiga eng avvalo alkogol ichimliklar va giyohvand
moddalar sabab bo‘layotgan ekan.
So‘nggi
yillar mobaynida insoniyat jinoyatchilik, qurolli to‘qnashuvlar,
ekologik muammolar, turli xavfli kasalliklar bilan bir qatorda
giyohvandlik balosidan ham aziyat chekmoqda...
|
Yaqinda
sartaroshxonaga kirib besh-olti nafar yoshlarga ko‘zim tushdi. Ular
uyali telefonda gaplashardi. Beo‘xshov, nodonlarcha hazil qilishib
kulishlari g‘ashimga tegdi. Noiloj ularga so‘z aytishga botindim: - Ukalarim, o‘quvchi yo talaba bo‘lsalaring kerak. Bir narsa so‘rasam maylimi? - So‘rayvering, - deyishdi ular birvarakayiga.
- Oxirgi yillarda qanday badiiy kitob o‘qidingizlar? - dedim. Ular xoxolab kulib yuborishdi. Bir-birlariga qarashdi, so‘ng:
|
ImageҲар бир ўлка ва миллатнинг ўз мақоли ва иборалари бор. Булар жамланса, инсонга малҳам вазифасини беради. Етук шахсларнинг, жамият наздида буюк саналган кишиларнинг ўз таъбирлари мавжуд бўлиб, бу билан атрофларидаги кишиларда “фикр ва тафаккур жиҳатидан уйғониш”ни мақсад қиладилар. Филип Е. Гамберт (Philip E. Hambert) деган бир психиаторлик (руҳшунослик) фани профессори “Инсонларга уларнинг бахтли ҳаёт кечиришлари учун 10та асосий дастур жамлашда нималардан фойдаланишим мумкин” деган тушунча билан бир қанча изланишлар ниҳоясида қуйидаги натижага эришибди:
|
Bo‘sh vaqt. Biz undan unumli foydalana olyapmizmi? Hozirgi
kunga kelib aksariyat yoshlar, ayniqsa, maktab o‘quvchilari bo‘sh
vaqtlarining katta qismini kompyuter klublarda o‘tkazishmoqda. Ular
kompyuterda ishlashni o‘rgansalar hech kim qarshilik qilmaydi. Lekin
qandaydir o‘yinlar o‘ynash yoki internetda soatlab kimlar bilandir
«tanishib» o‘tirish bilan vaqtlarini zoe ketkazishmoqda.
|
Biz
kechasi ko‘chalar, binolar, bozorlar, umuman, hammayoq jim-jit,
kimsasiz bo‘lishini tabiiy qabul qilishga ko‘nikkanmiz. To‘g‘ri-da,
tunda kim ham (agarda kimningdir qaerdadir zarur ishi bo‘lmasa)
ko‘chaga chiqardi, axir sutkaning bu payti uyquga bag‘ishlanadi. Lekin
shaharda (so‘nggi paytda "shaharlashayotgan" qishloqlarda ham) shunday
joylar borki, agar tunda u yerda hech kim bo‘lmasa, ko‘pchilikning
taajjubiga sabab bo‘ladi.
Bunday joyni diskoteka yoki oddiygina qilib, "tungi klub" deb atashadi.
o‘arbcha yurish-turishning salbiy tomonlarini xush ko‘ruvchilarning
aytishlaricha, "hech kimning tergovi va qarshiligisiz, miriqib dam
olish mumkin bo‘lgan" diskotekalar ba'zi yoshlarning sevimli maskaniga
aylanib ulgurgan.
|
|